
Koutino 14 million evrolik maoshdan voz kecha olmayapti
“Barselona” asosiy tarkibiga kira olmayotgan Filippe Koutinoga “Nyukasl”dan yana taklif bo‘ldi.
Kataloniyaliklar rahbariyati braziliyalik pleymeykerning klubdan tezroq ketishini istayapti. Lekin o‘yinchining o‘zi jamoada qolish tarafdori.
Bunga sabab qilib, Koutinoning maoshidan voz kecha olmayotgani aytilmoqda. Ayni paytda klub unga yiliga 14 million evro to‘layapti.
Koutinoni oladigan klublar uning maoshini keskin pasaytiradi. Shuning uchun ham Filippe yangi takliflarning barchasiga rad javobini bermoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Koutino “Tottenxem”, “Arsenal” yoki “Everton” kabi barqaror jamoalar unga katta maosh to‘lasagina Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin ekan.
Fikrlar