
Koronavirus Sanening narxiga ta’sir o‘tkazdi
"Bavariya" koronavirus pandemiyasi ortidan moliyaviy yo‘qotishlar vujudga kelganiga qaramasdan "Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sanening transferini amalga oshirishga tayyor.
Biroq, myunxenliklar 24 yoshli futbolchi uchun "shaharliklar"ga 60-70 million evrodan ortiq to‘lamoqchi emas. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda Sanening transferi 100 million evroga baholanayotgan edi.
Joriy mavsumda germaniyalik futbolchi "Siti" asosiy tarkibida bir marotaba 2019 yilning avgust oyida Angliya Superkubogida maydonga tushgan.
Fikrlar