
Koronavirus sabab futbol musobaqalari to‘xtatilmoqda. O‘zbekistondachi? Superliga bahslari davom etadimi?
Ayni paytda Evropada bir nechta mamlakat ichki birinchiliklari koronavirus sabab to‘xtatilmoqda. Virus sportga, jumladan, futbolga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
Qolaversa, Osiyodagi JCh-2022 saralashi va OChL uchrashuvlari qoldirildi. O‘z navbatida O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro musobaqalar to‘xtatildi. Futbolda o‘yinlar muxlislarsiz o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Armanistonga qarshi o‘yini o‘tkaziladimi? - O‘FA matbuot xizmatidan javob
Xo‘sh, bunday vaziyatda Superliga bahslari davom ettiriladimi yoki o‘yinlar muxlislarsiz o‘tadimi? Shu savol bilan PFL matbuot xizmati rahbari Sherzod Rajabovga murojaat qildik.
Tashkilot vakili hozircha, bu haqda hech qanday gap bo‘lmaganini ma’lum qildi. Demak, futbol musobaqalari reja bo‘yicha davom etadi.
Fikrlar
Biz un yangilik emas :)