
Koronavirus navbatdagi mashhur futbolchini ham sog‘ qo‘ymadi
"Roma" hujumchisi Edin Jeko COVID-19 yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi.
"Barchaga salom! Koronavirusga topshirgan testim musbat natijani berdi va albatta, barchangiz karantinda bo‘lishim kerakligini yaxshi bilasiz.
Yaqinlarim xotirjam bo‘lishingiz mumkin, xayriyatki, menda alohida alomatlar yo‘q.
Bir necha kun davomida jamoadoshlarim bilan ko‘risholmayman, ammo qalban ular bilan birgaman va yakshanba kungi o‘yinda omad tilayman," - deb yozdi Jeko o‘zining Instagram sahifasida.
"Roma" 8 noyabr kuni A Seriya doirasida Eldor Shomurodov to‘p tepadigan "Jenoa" klubiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar