Koronavirus Martinesning narxini tushirib yubordi

  • 31 mart, 2020, 10:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" klubi rahbariyati argentinalik forvard Lautaro Martinesning narxini pasaytirishga tayyor.

Tecno

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “neradzurrilar” koronavirus tufayli futbol olamida yuzaga keladigan inqiroz Martinesning 111 mln evrolik tovon puli evaziga sotib olishga imkon bermasligini tushunishmoqda va shu bois uni 80 mln evroga qo‘yib yuborishga tayyor.

Martinesga esa “Real” va “Barselona” klublari jiddiy xaridor bo‘lmoqda.

22 yoshli Lautaro joriy mavsum “Inter” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!