
"Korintians" Depay bilan shartnomani bekor qilishi mumkin. Sababi...
Braziliyaning "Korintians" klubi niderlandiyalik hujumchi Memfis Depay bilan shartnomani bekor qilishi mumkin.
Esportes da Sorte nashri xabariga ko‘ra, klub yaqin orada asosiy homiysidan ayrilishi mumkin. Ushbu homiy qonunni buzganlikda ayblanmoqda. Gap shundaki, ushbu homiy Depayning maoshini qoplaydi.
Eslatib o‘tamiz, Memfis yozda "Atletiko" Madriddan erkin agent sifatida "Korintians"ga ko‘chib o‘tgan edi. 30 yoshli futbolchi Braziliya chempionatida 3 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Depay bungacha PSV, “Manchester Yunayted”, “Lion” va “Barselona” kabi jamoalarda to‘p surgan.
Fikrlar