
Konte sobiq shogirdini "Inter"ga olib keladi
"Inter" transfer oynasi vaqtida qanot himoyasini kuchaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.
Italiyaliklar Ashraf Hakimi bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng, "Chelsi" bilan chap qanot himoyachisi Emerson transferi bo‘yicha muhokamalarni boshlab yuborgan.
Ta’kidlanishicha, 25 yoshli italiyalik futbolchi xizmatlariga "Inter" bosh murabbiyi Antonio Kontening o‘zi qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Emerson londonliklar safida 14 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar