Konte: "Inter" chempionlik poygasida ishtirok etayotganidan xursand bo‘lishi kerak

  • 17 fevral, 2020, 08:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte Italiya A Seriyasi 24-turi doirasida "Latsio"dan uchralgan mag‘lubiyat (1:2) haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

"Menga o‘yin yoqdi, ammo natija emas. O‘tkazib yuborgan gollarimizni esa "Latsio"ga o‘zimiz sovg‘a qildik. Bunday muhim bahslarda mayda detallar katta sahnaga chiqadi. Biz bunday xatolar sonini ko‘paytirib yubormoqdamiz.  "Barselona" va "Borussiya" bilan uchrashuvlarda ham hisobda oldinda borib, yakunda ustunlikni qo‘ldan chiqargan edik. 

Yigitlar yurakdan to‘p tepishmoqda va buning uchun ulardan minnatdorman. Biz chempionlik poygasida ishtirok etayotganimizdan xursandman", - dedi Konte.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!