Konferentsiyalar ligasi: Shomurodov ertaga TsSKAga qarshi asosiy tarkibda tushadimi?

  • 15 sentabr, 2021, 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shu kunlarda “ko‘hna qit’a” jamoalari UEFA shafe’ligida o‘tkazilayotgan uch turnir – Chempionlar ligasi, Evropa Ligasi va Konferentsiyalar ligasida g‘oliblik uchun kurashmoqda.

Tecno

Eldor Shomurodov o‘ynayotgan “Roma” Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichidagi bahslarga kirishadi. Legionerimiz avvalroq, jurnalistlarga bergan intervyusida jamoaning joriy mavsumdagi vazifasi Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish va Konferentsiyalar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritish ekanini ta’kidlagandi.

O‘tgan mavsumda A Seriyada ettinchi o‘rinni egallagani uchun ushbu turnirda qatnashayotgan “Roma” pley-offning oxirgi raundida Turkiyaning “Trabzonspor” jamoasi bilan kuch sinashib, ikki uchrashuvda ham zafar quchdi – 2:1, 3:0. Biz uchun ahamiyatlisi, Eldor Shomurodov debyut o‘yinida turklar darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritib, javob o‘yinida gollardan biriga katta hissa qo‘shdi.

3205633-65667928-2560-1440

Ayni paytda o‘zbekistonlik muxlislarning ko‘pchiligini Eldor Shomurodovning “Roma”dagi holati qiziqtirmoqda. Shomurodov Rim klubiga qo‘shilishi bilan asosiy tarkibga loyiq o‘yin ko‘rsata boshladi. Biroq Rimga qimmat transferli futbolchi Temmi Abraxamning kelgani hamyurtimizning imkoniyatlarini chegaralab qo‘ygani bor gap.

Joze Mourino asosan bir hujumchi bilan o‘ynamoqda va bu taktikada maydonga “Chelsi” vakili tushirilishi kafolatlangan. Eldor o‘ziga berilgan 10-20 daqiqa ichida ham jamoaga foyda keltirishga ulgurmoqda. Xususan, A Seriyaning uchinchi turida Shomurodov “Sassuolo”ga qarshi 74-daqiqada o‘yinga tushirilgan bo‘lsa-da, g‘alaba goliga assistentlik qildi va Mourinoning yubiley – 1000-uchrashuvida tarixiy g‘alabaga katta hissa qo‘shdi.

Ko‘pchilik mutaxassislar Mourino Konferentsiyalar ligasi va Italiya kubogi doirasidagi uchrashuvlarda Temmi Abraxam o‘rniga Eldor Shomurodovga ko‘proq imkoniyat berilishini kutyapti. Har holda, futbolda shunday tajriba ko‘p qo‘llaniladi.

Konferentsiyalar ligasining “S” guruhidan joy olgan “Roma” 16 sentyabrga belgilangan dastlabki turda o‘z maydonida Bolgariyaning TsSKA jamoasini qabul qiladi. Bu ikki jamoa o‘z guruhidan keyingi bosqichga chiqish uchun asosiy da’vogarlardan hisoblanadi.

Uchrashuv oldidan rimliklarning imkoniyati yuqori baholanyapti. Chunki “Roma” mavsumni yuqori darajada boshladi va ketma-ket beshta rasmiy uchrashuvda g‘olib chiqdi. Raqiblar darvozasiga jami 14 ta to‘p kiritdi va uchta bellashuvda bittadan gol o‘tkazib yubordi.

Stoyko Mladenov bosh murabbiylik qilayotgan TsSKA klubi musobaqaning guruh bosqichiga ancha qiynalib chiqdi. Sofiyaliklarning Latviyaning “Liepaya” jamoasiga qarshi ikki bahsida hisob ochilmadi va TsSKA penaltilar seriyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Keyingi bosqichlarda bolgariyaliklar “Osiek” (Xorvatiya) va “Viktoriya” (Chexiya) jamoalarini qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, ortda qoldirib, guruh bosqichiga etib keldi.

Milliy chempionatda TsSKA hozircha to‘rtta uchrashuv o‘tkazib, uchta g‘alaba va bitta durang qayd etgan.

“Roma” va TsSKA xalqaro maydonda bir bora o‘zaro to‘qnash kelgan. Ustunlik sofiyalik “armiyachilar” tomonida. 2020 yili Evropa Ligasi guruh bosqichida bolgariyaliklar o‘z maydonida rimliklarni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. “Olimpiko” arenasidagi uchrashuvda esa hisob ochilmagan.

74bba1a97979007a136731bffaa9fc2c4bfcc452

Konferentsiyalar ligasining “S” guruhida bu ikki jamoadan tashqari Ukraining “Zarya” va Norvegiyaning “Bude-Glimt” klublari ham o‘rin olgan.

Yaxshiboevni UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichida debyut kutmoqda! U turnirning eng zaif jamoasini “Shaxtyor”, “Real” va “Inter”dan qutqara oladimi?

Marko Materatstsi: Shomurodovning o‘yinini avval ham ko‘rganman va u zo‘r futbolchi bo‘lishga qodir!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!