
Klubsiz qolgan Pogba Frantsiyaga qaytishi mumkin
Markaziy himoyachi Florentin Pogba mavsumlar oralig‘ida Frantsiya ikkinchi divizioni vakili "Sosho" klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Joriy yilning yanvar oyidan buyon erkin agent maqomida bo‘lgan 29 yoshli futbolchining so‘nggi klubi "Atalanta Yunayted" bo‘lgan edi.
Florentin "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning akasidir. U faoliyati davomida Frantsiyaning "Sedan", "Sent-Eten" va Turkiya Superligasi vakili "Genchlerbirligi" va MLSning "Atalanta Yunayted" klublari safida to‘p surgan.
Fikrlar