Klublar o‘rtasidagi JChda endi 32 jamoa ishtirok etadi! Yangi formatda nimalar o‘zgaradi?

  • 17 mart, 2023, 14:05
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA 2025 yildan boshlab yangi ko‘rinishda o‘tkaziladigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining formatini tasdiqladi.

Tecno

Ushbu turnirda 32 ta klub ishtirok etadi va har 4 yilda bir marta o‘tkaziladi. Turnirda ishtirok etish huquqi quyidagi jamoalarga beriladi:Osiyo, Afrika va KONKAKAF qit’asining klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnirida so‘nggi 4 mavsumda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar — jami 12ta.

ooaiva

KONMEBOL mintaqasida Libertadores kubogining so‘nggi 4 mavsumdagi (2021-2024) g‘oliblari va mintaqaning so‘nggi 4 mavsumdagi klublar reytingida yuqori 2 o‘rinni egallagan klub — jami 6ta.

Evropa qit’asida Evropa chempionlar ligasining so‘nggi 4 mavsumdagi g‘oliblari va UEFAning so‘nggi 4 mavsumdagi klublar reytingida yuqori 8 o‘rinni egallagan klub — jami 12ta.

Okeaniya mintaqasida so‘nggi 4 mavsumdagi klublar reytingida yuqori o‘rinni egallagan 1ta klub.

Mezbon — 1 ta klub.

lo‘iuklo‘ukli

Ushbu taqsimot orqali turnirda ishtirok etadigan 9ta jamoaning nomi hozirdan ma’lum. Ular:

«Chelsi» (Angliya) — EChL g‘olibi — 2020/21;

«Real» (Ispaniya) — EChL g‘olibi — 2021/22;

«Palmeyras» (Braziliya) — Libertadores kubogi g‘olibi — 2021;

«Flamengo» (Braziliya) — Libertadores kubogi g‘olibi — 2022;

«Al-Ahli» (Misr) — Afrika chempionlir ligasi g‘olibi — 2020/21;

«Vidad Kasablanka» (Marokash) — Afrika chempionlir ligasi g‘olibi — 2021/22;

«Monterrey» (Meksika) — KONKAKAF chempionlir ligasi g‘olibi — 2021;

«Sietl Saunderz» (AQSh) — KONKAKAF chempionlir ligasi g‘olibi — 2022;

«Al-Hilol» (Saudiya Arabistoni) — Osiyo chempionlir ligasi g‘olibi — 2021.

srudquf

Shu bilan birgalikda, FIFA har yilgi 7 jamoa ishtirokidagi klublar o‘rtasidagi JChni o‘tkazishda davom etadi. Sizningcha, bu format musobaqani yanada qiziqroq bo‘lishini ta’minlaydimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!