Klopp uch futbolchini nishonga oldi

  • 8 iyul, 2021, 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” rahbariyati PSJga o‘tib ketgan Jorjino Veynaldumning o‘rnini bosa oladigan yarim himoyachi qidirmoqda. Hozircha, Yurgen Kloppga uch futbolchi ma’qul kelgan.

Tecno

Klopp jamoasidan taklif oladigan asosiy nomzod “Sheffild Yunayted” yarim himoyachisi Sander Berge hisoblanadi. “Sheffild Yunayted” o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra primer-ligani tark etdi va etakchi futbolchilarini ushlab qolish juda qiyin bo‘ladi.

Xususan, ular norvegiyalik Bergeni ham asl narxidan arzonroqqa qo‘yib yuborishga majbur.

Agar “Liverpul” bu transferni uddalay olmasa, Klopp ro‘yxatida “Vest Bromvich”dan Mateus Pereyra va “Fulxem”dan Andre-Frank Zambo-Angissa bor.

“Liverpul” mutasaddilari futbolchi tanlashda ularning ingliz futboliga moslashganiga asosiy talab sifatida qaramoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!