Klopp: Muhammad Saloh ketishi kerak...

  • 30 dekabr, 2023, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp ma’lum muddat jamoa hujumchisi Muhammad Saloh yordamidan foydala olmaydi.

Tecno

Misrlik futbolchi Afrika Millatlar kubogida o‘z yurti sharafini himoya qilishi talab etilmoqda.

Yurgen Klopp bu holatga quyidagicha baho berdi.

- Har qanday reja uning qanday amalga oshirilishiga bog‘liq bo‘ladi. Bu masala birinchi marta ko‘tarilayotgani yo‘q. Avval ahvol yomonroq edi. Chunki Muhammad Saloh bilan birga Sadio Mane ham Afrikaga ketardi. Biz o‘sha paytda ham vaziyatdan chiqishni uddalaganmiz.

Afrika kubogi muhim musobaqa ekanini tushunaman. Muhammad Saloh klubdan ketishi kerak. Buni boricha qabul qilish lozim, - dedi Yurgen Klopp.

Afrika Millatlar kubogi 13 yanvardan 11 fevralga qadar davom etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!