
Klopp Firminoning "Liverpul" uchun naqadar muhim futbolchi ekanini aytdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Atalanta"ga qarshi bo‘ladigan o‘yindan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida braziliyalik hujumchi Roberto Firminoning jamoada qanchalik muhim o‘ringa ega ekani haqida gapirib o‘tdi.
“Firmino uchun gol urish har doim muhim bo‘lgan, u aql bovar qilmaydigan futbolchi.
Futbol jamoasi orkestrga o‘xshaydi va u turli xil asboblarda chalishni talab qiladi. Ba’zilar balandroq, ba’zilari esa unchalik baland emas, ammo ularning barchasi ritm uchun muhimdir.
Firmino nihoyatda muhim, u bizning orkestrda 12 ta cholg‘u asbobini chaladi, u bizning ritmimiz uchun juda muhimdir. Xudoga shukur, usiz ham o‘ynashimiz mumkin, ammo uning maydonga tushgani juda yoqimli”, - dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar