
Klopp FIFA, UEFA va APLni ayblamoqda
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp zamonaviy futboldagi o‘yinlarning ko‘pligidan norozi bo‘ldi.
"Angliya futbol assotsiatsiyasi Angliya kubogi va Liga Kubogini o‘tkazishni xohlaydi, UEFA esa millatlar ligasini tashkil qildi. Ammo xech kim bo‘ uyinlar qanchalik bosh og‘riq ekanligi haqida bosh qotirmaydi.
Shuncha o‘yinlardan so‘ng, etakchi futbolchilar yuqori saviyada o‘ynay olmasligidan, ularning ko‘p jarohat olishidan xayratga tushamiz. Ko‘plar buni katta tarkib yig‘ib olish orqali bu muammoni hal etish mumkinligini aytishmoqda, ammo futbol bu uchun mo‘ljallanmagan.
Bizga bir qancha echimlarni taklif qilishdi, ammo UEFA, FIFA, APL bir kun bo‘lsayam futbolchilarni o‘ylamaydi, ular faqat o‘z cho‘ntaklari g‘amida yurishadi," - deya aytib o‘tdi Klopp.
Fikrlar