
Klopp «Chelsi»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
«Uotford» bilan kechgan o‘yinni eslatishni to‘xtatsangiz xursand bo‘lardim. «Chelsi» bilan o‘yin esa yomon o‘tmadi, nazarimda. Birinchi taymda bizda bir nechta qulay imkoniyatlar bo‘ldi. Mane golga juda yaqin keldi. Ikkinchi gol barchasini o‘zgartirib yubordi. «Chelsi» tartibli himoyalandi. Adrianni ayblash xato bo‘lar edi. Birinchi golgacha u juda ko‘plab seyvlarni amalga oshirdi.
Buni qabul qilish zarur. Biz so‘nggi 3 haftada qiyin o‘yinlarni o‘tkazdik. «Atletiko»ni o‘ylamayapman. Oldinda «Bornmut»ga qarshi premer-liga bellashuvi kutib turibdi»,- dedi Klopp.
Ma’lumot uchun, «Liverpul» oxirgi 4 ta bahsning 3 tasida raqiblariga imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar