
Klopp arzon futbolchiga “Liverpul”da o‘ynash imkonini beradi
Yurgen Klopp Angliya premer-ligasini tark etgan “Norvich” yarim himoyachisi Jamol Lyuisni o‘z jamoasida o‘ynatishga qaror qildi. Bu futbolchi maydondan markazidan tashqari, chap qanot himoyasidan ham ishonchli harakat qiladi.
22 yoshli futbolchiga qator klublar og‘iz solayotgan bo‘lsa-da, eng ko‘p pulni “Liverpul” taklif qildi. Angliya chempioni “Norvich”ga 10 million funt berishi kerak.
Futbolchining o‘zi kutilmagan taklifdan baxtiyor. U Klopp oldida uyalib qolmaslik uchun ta’tilini yig‘ishtirib, mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.
Fikrlar