
Kiran Tripper 4 oyga futboldan chetlatilishi mumkin
"Atletiko" Madrid qanot himoyachisi Kiran Tripper to‘rt oyga futboldan diskvalifikatsiya qilinishi mumkin, deya xabar bermoqda SkySports nashri.
Manba xabariga ko‘ra, angliyalik futbolchi bukmekerlik qonun-qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda. Ta’kidlanishicha, Tripper o‘tgan yil yozida "Tottenxem"dan "Atletiko"ga transferi uchun pul tikkanlikda ayblanmoqda.
Agar ushbu ayblov o‘z isbotini topadigan bo‘lsa, unda himoyachi to‘rt oyga maydondan chetlatilishi mumkin.
Fikrlar