
Kimmix: "Nagelsmann men ishlagan eng kuchli 3 murabbiydan biri"
"Bavariya" yarim himoyachisi Yozua Kimmix Yulian Nagelsmann borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Germaniyalik mutaxassis bugun "Bavariya"dan rasman ketishi kutilmoqda. Myunxenliklarning yangi ustozi lavozimiga Tomas Tuxel tayinlanadi.
"Bavariya"da murabbiy almashdimi? Men bu holatga izoh berishni xohlamayman. Hamma narsaga qaramay, Yulian Nagelsmann ajoyib murabbiy. Faoliyatimda ko‘plab yaxshi mutaxassislar bilan ishlaganman, ammo men Nagelsmanni aniq uchlikka kiritishim mumkin”, - dedi Kimmix Germaniya terma jamoasi uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Fikrlar