
"Kim oladi-yo shuginani-yo
"Manchester Yunayted" va "Chelsi" floretsiyaliklarning iqtidorli vingeri Federiko Keza uchun kurashga qo‘shildi. Ulardan tashqari "Yuventus" va "Inter" futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. "Daily Mail" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, inglizlar italyan grandlari taklif qilayotgan summadan (45 mln funt-sterling) ko‘proq pul to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Keza joriy mavsum jami 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol muallifiga aylanib ulgurgan.
Fikrlar