
Kevin de Bryuyne uchun kimoshdi savdosi boshlandi...
“Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne Saudiya Arabistoni klublarining asosiy nishoniga aylangan.
Arablar belgiyalik yarim himoyachi uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor ekanini bildirmoqda. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatdi.
Kevin de Bryuyne darajasidagi yulduzni hamma klub ham qo‘lga kirita olmaydi. Manba bu transferni Saudiyaning eng boy to‘rt klubi – “Al-Ittihod”, “Al-Ahli”, “An-Nasr” va “Al-Hilol” uddalay olishi va ular futbolchini o‘zaro talashayotganini ma’lum qildi.
Bu klublarning nazorat paketi aktsiyalari Saudiya Arabistoni davlat investitsiya fondiga tegishli hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, saudiyaliklar nishonida Kevin de Bryuynedan tashqari “Liverpul” to‘purari Muhammad Saloh va “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemiro ham bor.
Fikrlar