Kevin de Bryuyne: Men buni muhim musobaqa deb hisoblamayman

  • 30 may, 2022, 13:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” klubi va Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne UEFA Millatlar ligasini muhim turnir deb hisoblamaydi.

Tecno

“Yana ikki hafta, bu juda uzoq. Men bu o‘yinlarni intiqlik bilan kutmayman, chunki bu qarama-qarshiliklar muhim emas. Aslida bu o‘rtoqlik o‘yinlari.

Barchamiz uzoq va og‘ir mavsumni o‘tkazdik, ammo shikoyat qilish foydasiz. Futbolchi sifatida, biz biroz dam olishni xohlasak ham, bu borada hech narsa qila olmaymiz.

Demak, biz maydonga tushamiz va o‘z ishimizni qilamiz”, - dedi belgiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilinng iyun va sentyabr oylarida UEFA Millatlar ligasi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!