
Kepaga Italiyadan xaridor topildi
"Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaga yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda "Corriere dello Sport" nashri xabar bermoqda.
Italiyaning "Latsio" klubi ispaniyalik posbonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Burgutlar" darvozabonni ijaraga xarid qilishni maqsad qilgan.
27 yoshli iqtidor egasi ham Londonni tark etishga qarshi emas. U tarkibda Mendining "soya"sida qolib ketayotganidan norozi bo‘lyapti.
Ma’lumot o‘rnida, Kepa joriy mavsum barcha turnirlar doirasidagi 15 o‘yinda o‘z darvozasidan 10 ta gol o‘tkazib yuborgan. Shuningdek, u 8 bahsda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar