
Kellini nega "Inter"dan nafratlanishini aytdi
"Yuventus" klubi himoyachisi Jorjio Kellini nega "Inter"ni yomon ko‘rishini aytdi.
“Odamlar men nima haqida gapirayotganimni to‘g‘ri tushunishadi deb o‘ylayman. Mening so‘zlarimni noto‘g‘ri tushunmasliklarini xohlayman. Men “Inter”dan sport tomondan nafratlanaman, huddi Maykl Jordan "Detroyt Pistons"dan nafratlangandek.
Men “Inter”dan nafratlanishimni yashira olmayman, lekin maydondan tashqarida ushbu jamoa futbolchilari bilan birga bo‘lganimda, shunchaki kulishamiz. Sportdagi nafrat sizni g‘alaba qozonishga undaydi”, - deya fikrini yakunladi italiyalik himoyachi.
Fikrlar