Kazemiro "Liverpul"ga qarshi o‘ynamaydi

  • 20 avgust, 2022, 10:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" futbolchisi Kazemiro "Manchester Yunayted" bilan kelishuvga erishgani haqida xabaringiz bor. Ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachi mankunianliklarning "Liverpul"ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi. 

Tecno

"The Athletic" nashriga ko‘ra, "qizil iblislar" braziliyalik iqtidor egasini ushbu o‘yinda maydonga tushirish uchun juma kuni ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak edi. Biroq muddat allaqachon o‘tib ketgan. Shu sababli Kazemiro muhim o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi. 

U "Sautgempton" bilan bahsda debyut qilishi kutilmoqda. Ushbu uchrashuv 27 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. 

Ma’lumot o‘rnida, 30 yoshli "Real" sobiq vakilining madridliklar bilan xayrlashuv marosimi dushanba kuni bo‘lib o‘tishi xabar qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!