
Kavani Madrid klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi
PSJ forvardi Edinson Kavani faoliyatini “Atletiko”da davom ettirishga yaqin turibdi.
La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha 32 yoshli urugvaylik futbolchi madridliklar bilan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra Kavani “matraschilar” bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolaydi va yiliga 12 mln evro maosh oladi.
Ma’lumot uchun, Kavani joriy mavsum PSJ safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga erishdi. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar