
Katanets terma jamoa yig‘iniga yana 3 nafar yangi futbolchini jalb etdi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 16-21-noyabr kunlari JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Turkmaniston va Eron terma jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Bosh murabbiy Srechko Katanets tomonidan O‘zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi yig‘ini va JCh-2026 saralash bahslari doirasidagi Turkmaniston hamda Eron terma jamoalariga qarshi o‘yinlarga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilingan edi.
O‘FA matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, murabbiylar shtabi tomonidan yana uch nafar futbolchi noyabr oyidagi yig‘inga jalb etildi:
Valijon Rahimov,
Alibek Davronov,
Jasurbek Yaxshiboev.
Fikrlar