Katanets ham "boshladi!" yoxud Malayziya yaxshidikan-a?

  • 12 oktabr, 2021, 22:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Iordaniyada tashkil etgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tugadi. Rejaga ko‘ra, u erda vakillarimiz ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Dastlab Malayziya 5:1 hisobida tor-mor keltirildi, ikkinchi o‘yinda mezbon – Iordaniyaga qarshi uchrashuvda “mehmonnavozlik” ko‘rsatib, raqibning uchta goliga javob qaytara olmadik.

Tecno

Bu Srechko Katanetsning terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ikkinchi yig‘ini bo‘ldi. Dastlab Toshkentda mashg‘ulotlar o‘tkazgach, so‘ngra safarda Shvetsiya bilan o‘yin o‘tkazilgandi. Terma jamoamiz yangi murabbiylar shtabining ixtiyoriga berilgach, endi turli-tuman o‘zgarishlar kutishimiz tabiiy. Aytaylik, tarkib va o‘yin uslubi bo‘yicha.

Bilasizmi, bundan avval terma jamoamizning Shvetsiyaga qarshi maydonga tushishini eshitganimizda xursand bo‘lganmiz. Chunki o‘zimizdan kuchli va Evropada o‘z o‘rniga ega jamoa. Ammo keyingi raqiblarimizni eshitganimizda oldingidek xursand bo‘ldik deb aytishga asosimiz yo‘q. Nimaga? Chunki Malayziya ham, Iordaniya ham bizdan kuchli emas. Lekin vaziyat taqozosiga ko‘ra, vaqti-vaqti bilan shunday raqiblarga qarshi o‘ynab turish ham kerak ekan-da! Malayziyaga hurmatni saqlagan holda aytamizki, bu o‘yindan biz hech nima yutmadik. Tablodagi 5:1 hisobi esa hech nimani anglatmaydi. Chunki o‘zimizdan kuchsiz bo‘lgan raqibdan nimani o‘rganamiz? Qaytanga, muammolarimiz va kamchiliklarimiz ko‘rinmay ketadi, bunday o‘yinlarda.

katanets_3

Iordaniyaga kelsak, yomon raqib emas. Lekin boya aytdik, bizdan ustun joyi yo‘q. Ammo Ammandagi uchrashuvda mezbonlar bizning xatolarimizni yaqqol ko‘rsatib berdi. Ayniqsa, himoyadagi zaifligimiz baribir pand berdi. Katanets uchun bu jiddiy muammoga aylangan bo‘lsa ajab emas. Lekin o‘zimizdan kuchli bo‘lmagan raqibga 3:0 hisobida yutqazganimiz juda yoqimsiz bo‘ldi. Tushunamiz, sloveniyalik murabbiy yaqinda ish boshladi va u hali futbolimizni to‘liq o‘zlashtirib olgani yo‘q. Hali tanishish va moslashish jarayonida. Shuni hisobga oladigan bo‘lsak, hozircha bu mag‘lubiyat uchun uni ayovsiz tanqid qilmay turamiz. Zero, terma jamoa yangitdan shakllantirilmoqda. Shuning uchun bunday paytda g‘alabalardan ortiqcha quvonmay, mag‘lubiyatlardan ranjimay, sabr qilib kutib turamiz.

uzb

Tanqid qilish muammo emas. O‘ylashimizcha, Iordaniyaga boy berilgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan keyin Katanets qanday jamoani boshqarayotganini yanada yaxshiroq tushunib etdi. Ayniqsa, nozik joylarimiz, qaysi pozitsiyalar kuchsizligi kabi jihatlar murabbiylar uchun aniq ko‘rindi. Balki murabbiy endi o‘yinni to‘liq himoyadan qurishni boshlar, balki boshqa uslubni joriy qilar, har qalay Katanetsni oson bo‘lmagan ish jarayoni kutib turibdi.

O‘yindan keyin darhol ijtimoiy tarmoqlarda terma jamoamizning o‘yini xususida turli xil fikrlar yangrashni boshladi. Barchasi bir-biridan qiziq. Lekin ishoning, bunday mag‘lubiyatlarga ko‘nikib qolganmiz. Shuning uchun Iordaniya bilan uchrashuvdagi mag‘lubiyatni sharmandali deb hisoblamay turamiz (garchi og‘riqli bo‘lsa-da). Qolaversa, baxtimizga bu rasmiy maqomda emasdi, garchi reytingga ta’sir qilsa ham. Muxlislar tomonidan “Malayziya yaxshidikan”, deya xazilomuz tarzda bildirilayotgan fikrlarni ham o‘qiyapmiz.

katanets2_2

O‘sha gap: sabr qilib turaylik-chi! Katanets nima qilayotganini biladi, deb umid qilamiz. Hali yana chaqirilmayotgan terma jamoa futbolchilari ham bor. Yodingizda bo‘lsa, murabbiy futbolchilarimizga tajovuzkorlik va tezlik etishmasligi haqida aytgandi. Shunday fikrni “Neftchi”da jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ishlayotgan serbiyalik murabbiy Aleksandr Stojmirovich ham Sports.uz saytiga bergan intervyusida aytdi va o‘zbek futbolchilari o‘yin oxirigacha charchab qolayotgani, ularga tezlik etishmasligini alohida ta’kidladi. Chetdan kelgan mutaxassislarga muammolarimiz yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tan olamiz, futbolimiz tez emas. Srechko buni yaxshi bilib turibdi. Demak, u o‘z bilimi va tajribasini bu erda ko‘proq ishlatishiga to‘g‘ri keladi. Biroq, afsuski, Katanets ham “boshladi!”. Bu yirik mag‘lubiyat uning terma jamoamizdagi faoliyatida birinchisi va oxirgisi bo‘lib qoladimi-yo‘qmi bilmadik, lekin unga ishonishda davom etamiz. Bundan boshqa ilojimiz ham yo‘q-da. Balki ushbu mag‘lubiyat biz uchun yaxshilikka xizmat qilar...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бахриддин
13/10/2021 07:37
Узбекистонга футболни кераги йук, бекорга миллиардлаб пуллар тажрибасиз уйинчиларга сарфланяпди
&
Бухорий Шариф
12/10/2021 23:51
Ҳақиқатдан ҳам МТЖ футболчиларига тажавузкорлик етишмайди. Преццингда ўйнайолмайди. Жсмоний тайёргарлик атти аҳволда. 90 дақиқага етмайди кучлари. Қисқаси ҳали анча SABR Қилишимиз керак экан. Катанец ҳулосалар чиқариши, муаммоларни кўриб олди, бартараф қилш чораларини кўриши учун вақти бор анча. Омад кийинги ўйинларди.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
12/10/2021 22:57
shu MTJ chetka chiqib harajat qilib yurgandan kura. Nasaf bilan urtoqli uyin utkazgani yahshi. chunki Nasaf yahshigena dars utap beradi kupgena jihatlar buyicha. MTJ ham kam bulmaydi Masalan Ravshan Haydarov. usmerlarimizni. chempion bulgan yili ketish oldi Nasaf bilan. 2 marta urtoqli uyin utkazib. ketuvdi. kam bulmovdi lekin. Nasafka tezlik kerak vaqt uyin tempini tushurush kerak vaqt uyin suratini oshirish uyinchila ham tezlik bobiga ham charchoq taraflama ham hech qanday etiroz yuq. Nasafka.
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
13/10/2021 02:50
Nega Doim shu Nasafni Tiqishtiraverasizlar men Nasafni yomon ko‘dmayman aksincha men ham Nasafni muhlisiman Jekin doim Tefna Jamoa haqida gap ketganda Shu Darrov Nasaf bundoq nasaf undoq deb qon qivorasizlar shuni aytingchi shu vaqtgacha shu Nasafdan chiqqan biron futbolchi yarq etib ko‘zga koringani bormi Ro‘ziqul Berdiev qo‘l ostida zo‘r o‘ynaydi lekin terma jamoada esa yo‘qolib qoladi
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
13/10/2021 04:00
Nasafni tiqishteravermaymiz. lekin Nasaf uynap berganidan aytiladida. Uzim Nasaf muhlisi bulganim bilan. Nasafdan Dilshod Sayitov tortmaydi MTJ GA. lekin bugun Oybek kup kishi uynap olmadi deyishi mumkim Umarovdan yahshi uynadida. keyin Oybek qarang qanaqa maydonga uzini erkin his qilapti. paslari ham zur berdi. 2 ta paska hamroyi anqayib utirsa. nima qilish kerak. uyinchi hamisha paska tayor turishi kerakda. Akmal Mazgavoy ham qanaqa pas berdi Umarovka. MTJ yutqazsa ham hech bulmasa Nasafday maydonga nimader kursatsa. uyin taraflama.