Karpin: "Rostov"da Shomurodovnikidan ham yuqoriroq narxga takliflar bor

  • 7 oktabr, 2020, 13:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin jamoadagi etakchilarning ketishi va boshqa transferlar haqida gapirdi:

Tecno

"Keling, aniqlik kiritamiz. Asosiy futbolchilarimizdan kimlar bizni tark etdi? Eldor Shomurodovni juda yaxshi narx evaziga qo‘yib yubordik va bu holat klubning foydasiga ishladi. Ivelin Popovning o‘zi boshqa jamoaga o‘tish istagini bildirdi. Chunki u har bir uchrashuvda to‘liq harakat qilishni xohlaydi.

Keyingisi - Baxtiyor Zaynutdinov. TsSKA biz so‘ragan pulni berishni istamadi. Biz ham uni qo‘yib yubormadik. Bundan tashqari, 5-6 ta juda yaxshi takliflarimiz bor. Ba’zilari Shomurodovning narxidan ham yuqori, ammo biz ularni qo‘yib yubormaymiz",-deya "Sport Express" nashri Karpin so‘zlarini keltirmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!