
Karolina Plishkovaning kuchli zarbasi Aylani qulatdi
K.Plishkova musobaqaning ikkinchi davrasida avstraliyalik Ayla Tomlyanovichga qarshi kortga chiqdi va har ikkala setda bir hil 6:3 hisobida zafar quchdi.
Chexiyaning birinchi raqamli tennischisiga aylanishga intilayotgan Karolina Plishkova Rim shahrida davom etayotgan “Premera” turkumidagi turnirning nimchorak finaliga yo‘l oldi.
Endi 27 yoshli chexiyalik tennischi "Internazionali BNL d'Italia"ning 1/8 finalida amerikalik Medison Kiz hamda Sofiya Kenin o‘rtasidagi uchrashuvi g‘olibasiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar