
"Karagyumruk" g‘alaba qozondi. Shukurovdan assist!
Turkiya Superligasi 21-turidan o‘rin olgan "Ankaraguju" va "Fotih Karagyumruk" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Legionerimiz Otabek Shukurov bahsni asosiy tarkibda boshlab, 71-daqiqada zaxiraga olindi. Otabek jamoasining birinchi goliga hammualliflik qildi. Hamyurtimizning qanotdan uzatgan to‘pini Mbaye Diane darvozaga joylab qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, "Fotih Karagyumruk" 26 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar