Kapello: Ronaldu - buyuk chempion, Messi - daho

  • 14 mart, 2019, 19:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mashhur murabbiy Fabio Kapello "Barselona" hujumchisi Lionel Messi va "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduni o‘zaro solishtirdi.

Tecno

“Ronaldu ajoyib futbolchi hisoblanadi, biroq, Messi – daho. Futbol tarixida 3ta daho futbolchi bor: Pele, Maradona va Messi. Ronaldu jamoalariga g‘alaba qozonish uchun yordam beradi, ammo Messi butunlay boshqacha. Men Messini ilk bor 16 yoshligida ko‘rganman. U meni o‘shandayoq hayratda qoldirgan. U o‘shanda o‘zini xuddi 20 yoshli futbolchilardek tutardi. U boshqalar qila olmaydigan narsalarni qiladi. Ronaldu – buyuk chempion, ammo daho emas”, - deydi Kapello.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!