Kalidu Kulibali "Al-Hilol" klubiga o‘tdi

  • 21 iyun, 2023, 14:42
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Chelsi" himoyachisi Kalidu Kulibali faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettiradi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, "Al-Hilol" himoyachining transferi bo‘yicha "Chelsi" bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Shuningdek, u bilan shaxsiy shartnoma shartlarini ham kelishib olgan. Shartnoma 3 yilga mo‘ljallangan.

Bitim yopildi, hujjatlar tez orada imzolanadi. Kulibaliga yiliga 30 million evro maosh olishi xabar qilingandi.

Kulibali o‘tgan yozda "Napoli"dan 40 million evro evaziga "aristokratlar" safiga o‘tgandi. Senegallik futbolchi o‘tgan mavsumda klub safida barcha turnirlar doirasida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!