
Joshuaning murabbiyi: "Butun dunyo ko‘rishni xohlaydigan ikkita jang bor"
Og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaning murabbiyi Robert Garsiya ommaning e’tiborini jalb qiluvchi bahslarni aytib o‘tdi.
"Butun dunyo ko‘rishni istaydigan ikkita jang bor. Bulardan biri, albatta, Tayson Fyuri va Aleksandr Usik o‘rtasidagi revansh, ikkinchisi Entoni Joshua hamda Deontey Uaylder to‘qnashuvidir. Birinchisining aniq sanasi ma’lum, yana biri ham tez orada bo‘lishiga ishonchim komil", - dedi murabbiy "Boxing News" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Dyubua Londondagi "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tgan boks oqshomining asosiy jangida Joshuani beshinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Fikrlar