
Joaular debyut qilgan o‘yinda "Barsa" qiyinchilik bilan zafar quchdi
"Barselona" La Liganing 4-turida "Osasuna" mehmoni bo‘lib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 32-daqiqasida Kunde bosh bilan zarba yo‘llab, gol urgan bo‘lsa, 76-daqiqada Avila ajoyib goli bilan hisobni tenglashtirdi. O‘yin tugashiga kam vaqt qolganida hakam mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. Shu bilan birga, Katenaga qizil kartochka ham ko‘rsatdi. Levandovski esa 11 metrlik jarima zarbasidan adashmadi.
Mazkur g‘alabadan keyin "Barsa" turnir jadvalida 3-o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar