
Joan Laporta "Barsa" uchun nimalarni va’da qilmoqda?
"Barselona" sobiq prezidenti Joan Laporta jamoa boshqaruviga qayta tayinlanganidan so‘ng tarkibni kuchaytirish niyatidaligini ta’kidlab o‘tdi.
"Bu davrda boshqaruvga kelish qiziq bo‘ladi. Ammo biz Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritishimiz mumkin.
Leo bilan shartnomani uzaytirish? Bu mavzuda muammoga duch kelamiz deb o‘ylamayman. Hozirgi vaziyatda men ham "Barsa"da o‘zimni baxtiyor his qilmagan bo‘lar edim.
Agar qaytsam, Neymarni ham tarkibga qaytaraman. Xavini boshqaruvga olib kelish? Albatta, agar uning o‘zi tayyor bo‘lsa", - deydi Laporta.
Ma’lumot o‘rnida, Laporta "Barselona"da 2003 yildan 2010 yilgacha prezidentlik lavozimida ishlagan.
Fikrlar