"Jenoa" o‘z maydonida "Udineze" bilan durang o‘ynadi. Shomurodov 89 daqiqa harakat qildi (video)

  • 14 mart, 2021, 09:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 27-turida hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Jenoa” o‘z maydonida “Udineze”ni qabul qildi.

Tecno

“Stadio Luigi Ferraris” o‘yingohida kechgan bellashuvda kuchlar teng keldi – 1:1. Dastlab, Goran Pandev 8-daqiqada gol urib mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 30-daqiqada mehmonlar futbolchisi Rodrigo de Paul o‘z goli bilan hisobni tenglashtirdi va bu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmay qoldi.

Biz uchun ahamiyatlisi Eldor ushbu o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 89-daqiqada zaxiraga olindi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Odil Kilichov
14/03/2021 11:06
Video yuqku