
"Jenoa" mavsum yakunlari bo‘yicha A Seriyada qancha miqdorda mukofot jamg‘armasiga ega bo‘ldi?
"Jenoa" klubi Italiya A Seriyasining joriy mavsumini 11-pog‘onada yakunladi. So‘nggi bellashuvlarda genuyaliklar tarkibida harakat qilayotgan Eldor Shomurodov ham o‘zining goleadorlik xususiyatlarini yana bir karra namoyish etdi.
"Jenoa" turnirni ushbu o‘rinda yakunlagani uchun A Seriya tashkilotchilari "griffonlar" 5,5 mln evro miqdorida mukofot puli to‘lab beradi.
Chempion "Inter"ga liga tomonidan 23,4 mln evro taqdim etilsa, so‘nggi o‘rinda mavsumni yakunlagan "Parma" 900 ming evro bilan B Seriyaga ravona bo‘ladi.
Avvalroq, Eldor ushbu gollari orqali sobiq klubi "Rostov"ga 500 ming evro ham ishlab bergandi.
Fikrlar