"Jenoa" bosh murabbiyi "Milan"ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

  • 17 dekabr, 2020, 16:20
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Jenoa" ustozi Ronaldo Maran Italiya chempionati 12-turi "Milan"ga qarshi (2:2) o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Bizni natija qoniqtirmadi, shuning uchun jahlimiz chiqdi. Buni yaxshi qabul qilish kerak, chunki ko‘prog‘ini xohlayapmiz. G‘alaba qozonishni maqsad qilgandik, biroq uddalay olmadik. "Milan" to‘qqiz oydan buyon mag‘lub bo‘lmayapti, ular buni yana bir bor isbotlashdi.

Jamoaviy o‘yin ko‘rsatishni boshlaganimiz yaxshi bo‘ldi, endi bir ochko uchun emas uch ochkoni qo‘lga kiritish uchun o‘ynaymiz.

Asta sekin kamchiliklarni to‘g‘rilayapmiz, "Jenoa" yanada xavfli klubga aylanishi kerak, ular mas’uliyatni his qilishmoqda, ammo bizga natija ham juda zarur. Hujum tashkil qilishda butun jamoa bo‘lib harakat qilishni yo‘lga qo‘ymoqchiman, ammo buning uchun yigitlarni o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttirishim kerak bo‘ladi.

Og‘ir damlarni boshdan o‘tkazdik. Ammo so‘nggi natijalardan so‘ng o‘zimizni erkinroq his qilyapmiz. Jadvaldagi holatimizga e’tibor qilmasdan, faqat o‘yinimiz haqida o‘ylashimiz kerak.

Stefano Piolini hurmat qilaman, biz u bilan do‘stmiz. U eng yaxshi murabbiylardan biri. Stefanoga mening jamoamdan boshqa qolgan bahslarda o‘z ishini uddalay olsa xursand bo‘laman", - deydi Maran.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Marufjon
17/12/2020 18:33
Бу Роланда Маран қандай қилиб шогирдларига мотивация берар экан ? Бечора доим тушкун кайфиятда.
&
Liverpool fan
17/12/2020 17:52
Элдорни постоянна основная составда туширсанг ютасан Маран