
JCh pley-off. Avstraliya BAAni mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Navbatdagi raqib...
"JCh-2022" saralashidan o‘rin olgan BAA - Avstraliya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "kengurular yurti" vakillari 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab 53-daqiqada Irvin Avstraliyani hisobda oldinga olib chiqdi. 57-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Kayo muvozanatni tikladi. 84-daqiqadagi Xrustichning goli avstraliyaliklarni navbatdagi bosqichga olib chiqdi.
Shu tariqa, Grem Arnold shogirdlari mundial yo‘llanmasi uchun Janubiy Amerika vakili Peru bilan kuch sinashadi.
Fikrlar