
JCh. Mirazizbek Mirzahalilov Qayrat Eralievni turnirdan chiqarib yubordi
-57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Mirazizbek Mirzahalilov chorak final bosqichi doirasida qozog‘istonlik Qayrat Eralievga qarshi ringga ko‘tarildi. Mazkur jangning ikkinchi raundida Eraliev olgan jarohatlari bois hakam bahsni to‘xtatdi.
Ushbu raundga qadar bo‘lgan ochkolar hisobi bo‘yicha esa hamyurtimiz Eralievdan ustun (4:1) keldi va yarim finalga yo‘l oldi.
Fikrlar