
JCh-2022'da qaysi klubning futbolchilari ko‘proq?
JCh-2022da ishtirok etadigan futbolchilar soni bo‘yicha "Barselona" rekord o‘rnatdi.
19 yoshli himoyachi Alexandro Balde Xose Gayya jarohat olgani tufayli Ispaniya terma jamoasiga chaqirildi. Shu tariqa, "ko‘k-anorranglilar"ning 17 nafar futbolchisi 8 ta terma jamoa libosida o‘z termalari sharafini himoya qiladi.
Avvalroq, bu ro‘yxatda "Bavariya" 17 futbolchi etakchilik qilayotgandi. Biroq Sado Mane jarohat olgani tufayli Senegal bilan JCh-2022'da ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi.
Fikrlar