
JCh-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan terma jamoalar soni 15 taga etdi. Ular kimlar?
JCh-2022 saralashi Osiyo mintaqasi 3-raundi doirasida Suriya ustidan g‘alaba qozongan Janubiy Koreya terma jamoasi ham muddatidan oldin mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Aytish kerakki, Janubiya Koreya Osiyo qit’asida Erondan so‘ng JCh-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan ikkinchi terma jamoa bo‘ldi (mezbon Qatardan tashqari).
Shu tariqa dunyoda JCh-2022 yo‘llanmasini naqd qilgan terma jamoalar soni 15 taga etdi.
1.Qatar (mezbon)
2.Germaniya
3.Daniya
4.Braziliya
5.Belgiya
6.Frantsiya
7.Xorvatiya
8.Ispaniya
9.Serbiya
10.Shveytsariya
11.Angliya
12.Niderlandiya
13.Argentina
14.Eron
15.Janubiy Koreya
Fikrlar