JCh-2022. Yaponiya bosh murabbiyi: Navbatdagi maqsad - chorak finalga chiqish

  • 2 dekabr, 2022, 09:44
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati 3-turidan o‘rin olgan Yaponiya -  Ispaniya o‘yinida qit’adoshlarimiz 2:1 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "samuraylar" bosh murabbiyi Xadzime Moriyasu ishtirok etdi.

"Barcha muxlislarimizga, butun yapon xalqiga bizni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildiraman. Sizning sharofatingiz bilan ushbu qiyin bahsda zafar quchdik. Sizlarga ushbu g‘alabani tortiq eta olganimizdan xursandmiz. Navbatdagi maqsad - chorak finalga chiqish!

Futbolchilarimiz jahon arenalarida kurashmoqda va biz 1/4 finalga chiqib, bu boradagi eng yaxshi natijamizga erishmoqchimiz",-dedi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, endi yaponiyaliklar nimchorak final bosqichida Xorvatiyaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!