JCh-2022. Van Gal: "Niderlandiya zerikarli o‘ynaydi? Pley-offga chiqqanimizdan faxrlanish kerak"

  • 30 noyabr, 2022, 18:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niedrlandiya bosh murabbiyi Lui van Gal Qatarga qarshi (2:0) o‘yindan so‘ng terma jamoasining o‘yin uslubi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

Tecno

"Men sizning fikringizga qo‘shila olmayman. Boshqacha nazariyaga ega ekaningiz ko‘rinib turibdi. O‘ylashimcha, muxlislarimiz bizning pley-offga chiqqanimizdan faxrlanishi kerak. Vaziyat siz aytganchalik yomon emas.

Agar bizni zerikarli futbol ko‘rsatishda ayblayotgan bo‘lsangiz, uyingizga ketishingiz mumkin yoki sizda boshqa jamoalarning o‘yinini tomosha qilish imkoni ham bor", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, mundial guruh bosqichining so‘nggi turida Niderlandiya terma jamoasi Qatarni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Nimchorak finalda "uchar gollandlar" AQSh termasiga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!