
JCh-2022 saralashida O‘zbekiston MTJ 2-o‘rindagilar orasida eng kam ochko jamg‘arib turibdi
Xabaringiz bor, kecha qit’amizda jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan bellashuvlar o‘tkazildi. Unda terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va o‘z imkoniyatlarini pasaytirib yubordi.
Shundan so‘ng ko‘pchilikning e’tibori turnir jadvaliga qaralishi aniq. Unda hamyurtlarimiz 2-o‘rinda borishmoqda. Ammo bu pog‘ona bizni havotirga solayotgani ham bor gap. Chunki vakillarimiz ayni paytda 2-o‘rinni egallab turganlar orasida eng kam ochko jamg‘arishgan. Qolganlarda kamida 7 ochko bor. Faqatgina yon qo‘shnimiz Qirg‘izistonda ham biz kabi 6 ochko mavjud xolos.
Eslatib o‘tamiz, Vadim Abramov shogirdlari navbatdagi bahsni 19 noyabr kuni Toshkentda Falastinga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yinda g‘alaba qozonsak, Saudiya Arabistoni dam olishini inobatga olsak 2020 yil martgacha birinchi o‘rinda bo‘ladi.
Fikrlar