JCh-2022 Modrichning terma jamoa safidagi oxirgi musobaqasimi?

  • 5 dekabr, 2022, 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich terma jamoa sardori Luka Modrich haqida gapirdi.

Tecno

“Luka haqida nima desam ham, bu juda kam bo‘ladi. Xudo umrini ziyoda qilsin. Ishonchim komilki, bu uning Xorvatiya terma jamoasidagi oxirgi musobaqasi emas.

Uning fizikasi, jiddiyligi, mehnati va professionalligi biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. U juda muhim futbolchi. Lekin baribir biz bir jamoamiz.

Jamoa bo‘lish - natijaga erishishning yagona yo‘li. Luka bizning sardorimiz va etakchimiz. Biz uning imkon qadar uzoqroq safimizda qolishini istaymiz”, - dedi Zlatko Dalich.

Eslatib o‘tamiz, “Real” futbolchisi ayni damda 37 yosh hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!