JCh-2022. Gilermo Ochoa: "Biz Argentinani Saudiya Arabistoni kabi mag‘lub etmoqchimiz"

  • 25 noyabr, 2022, 16:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Meksika terma jamoasi posboni Gilermo Ochoa Argentina sardori Lionel Messi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Tecno

"Futbolchilarning "bu futbolchiga qarshi o‘ynash qiyin, bu jamoa kuchli", - degan gaplari menga yoqmaydi. Jahon chempionatida ularga qarshi to‘p tepishdan ham yaxshiroq narsa bormi?

Aksincha, mundialda Argentinaga qarshi o‘ynamoqchiman. Men ular bilan munosib kurashishni istayman. Biz ularni Saudiya Arabistoni kabi mag‘lub etmoqchimiz.

Messida shunday sehr bor - u hech narsa qila olmaydigandek ko‘rinadi. Ammo bir necha soniyalardan so‘ng Leo hammasini hal qiladi va gol uradi. 

Bu yoqimli va qiyin sinov bo‘ladi. Shunga qaramay, Meksika jang qilishga hamda o‘zini ko‘rsatishga tayyor!", - dedi darvozabon.

Eslatib o‘tamiz, Ochoa Polsha bilan o‘yinda Levandovskining penaltidan yo‘llagan zarbasini bartaraf etgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!