Jangovar sambo bo‘yicha jahon chempioni hibsga olindi
Rossiya hamda jahon chempioni bo‘lgan boevoy sambo ustasi va MMA jangchisi Velimurod Alxasov Makhachqaladagi savdo markazida yuz bergan hodisadan so‘ng huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda "TUT DAGESTAN' telegram kanali xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea sportchining rafiqasiga boshqa erkakning “haddan tashqari tikilib qarashi” sabab kelib chiqqan. Ayol o‘sha vaqtda niqobda bo‘lgan. O‘rtada og‘zaki tortishuv yuzaga kelganidan so‘ng, Alxasov yonidagi travmatik qurolni chiqargan va notanish shaxsga bir necha marta o‘q uzgan.
Jabrlangan fuqaro voqea joyida tibbiy yordam olgani aytilmoqda. Velimurod Alxasov esa tez orada huquq-tartibot xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Hozirda u ichki ishlar bo‘limida saqlanmoqda



Fikrlar