
Jan uchun Evropaning 3 ta grandi xaridor bo‘lmoqda
Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Emre Jan Evropaning 3 ta grand klubidan takliflarga ega.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra PSJ Janni keyinchalik 30-40 million evro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi yoki o‘zining argentinalik xavbeki Leandro Paredesga almashmoqchi.
La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha Janda faoliyatini o‘z vatanida davom ettirish varianti ham bor. Unga “Borussiya” Dortmund qiziqmoqda.
Daily Express nashrining ma’lum qilishiga qaraganda esa Janga “Manchester Yunayted”dan ham yaxshi takliflar mavjud.
Ta’kidlash kerakki Jan “Yuventus”da asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi. U xatto Chempionlar ligasi qaydnomasiga ham kiritilmadi.
Fikrlar